Oxirgi yangilanish: 2026-11-16
Farzandim — ota-onalarga farzandining xavfsizligi va sog‘lom raqamli odatlariga yordam beradigan ilova. Shaxsiy ma’lumotlar operatori: "CHUST ONE ACADEMY" XK (STIR 313 206 914). Savollar uchun: support@farzandim.chustone.uz.
Ota-ona: telefon raqami, ism, profil rasmi, obuna holati.
Farzand profili: ism, tug‘ilgan yili, rasmi. Farzand telefonini ulash uchun bir martalik kod ishlatiladi.
Farzand telefonidan (faqat ota-ona ulagandan va farzand ruxsat bergandan keyin): joylashuv, o‘rnatilgan ilovalar ro‘yxati, ilovalardan foydalanish vaqti, batareya darajasi, tarmoq turi, cheklov xizmati yoqilganligi.
Veb-filtr yoqilgan bo‘lsa: bloklangan saytni ochishga urinishlar (sayt nomi, soni va vaqti). Boshqa saytlar yozib olinmaydi, brauzer tarixi o‘qilmaydi.
Oila xabarlari, SOS signallari, ishonchli kontaktlar va vazifalar.
Biz qo‘ng‘iroqlar tarixi, SMS, kontaktlar, mikrofon, kamera yoki ekran mazmunini YIG‘MAYMIZ.
Ota-onaga farzandining joylashuvi, xavfsiz hududlarga kirish-chiqishi va ekran vaqtini ko‘rsatish; belgilangan cheklovlarni farzand telefonida qo‘llash; SOS va xavfsizlik ogohlantirishlarini yuborish.
Ma’lumotlar sotilmaydi. Farzand va uning qurilmasi haqidagi ma’lumotlar hech qachon reklama uchun ishlatilmaydi.
Farzand ilovasida uni kimlar kuzatayotgani ko‘rsatiladi. Joylashuv fonda ulashilganda telefonda doimiy bildirishnoma ko‘rinib turadi. Yashirin kuzatuv yo‘q.
Ilovani faqat farzandining qonuniy vakili (ota-ona yoki vasiy) o‘rnatishi va ishlatishi mumkin.
Joylashuv tarixi va bloklangan saytlarga urinishlar 30 kun, ilovalardan foydalanish statistikasi 120 kun saqlanadi, so‘ng avtomatik o‘chiriladi.
Hisob o‘chirilganda ota-onaning va (boshqa ota-ona kuzatmasa) farzandning barcha ma’lumotlari o‘chiriladi.
Firebase Cloud Messaging (push xabarnomalar), Eskiz.uz (SMS-kodlar va SOS SMS), Google Play, Apple App Store, Click va Payme (to‘lovlar). Ular faqat xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan minimal ma’lumot oladi. Karta ma’lumotlari bizning serverda saqlanmaydi.
Meta Platforms (Facebook, Instagram): faqat ota-ona telefonida ilova o‘rnatilgani, ochilgani, ro‘yxatdan o‘tilgani va do‘kon orqali obuna sotib olingani haqidagi hodisalar hamda qurilma identifikatori yuboriladi. Bu bizning Instagram va Facebook’dagi reklamamiz qancha foydalanuvchi olib kelganini o‘lchash uchun kerak. Farzand telefonidan Meta’ga hech narsa yuborilmaydi.
Barcha trafik TLS orqali shifrlanadi. Kirish kodlari va ulash kodlari faqat hash ko‘rinishida saqlanadi. Sessiya tokenlari qurilma bilan bog‘langan va muntazam almashtiriladi.
Ilovada Profil → Hisobni o‘chirish orqali barcha ma’lumotlarni o‘chirishingiz mumkin. Ma’lumotlarni ko‘rish, tuzatish yoki o‘chirish uchun support@farzandim.chustone.uz manziliga yozing.